Poytaxtdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutidan Sergeli tomoniga yo‘nalgan yo‘l qismi 24-sentabr soat 00:00 ga qadar yopiladi.
Sputnik
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Bugun Toshkentdagi Qushbegi ko‘prigi aylanma yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, yo‘lning Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutidan Sergeli tomoniga yo‘nalgan qismi 24-sentabr soat 00:00 ga qadar yopiladi.
Qushbegi ko‘prigi
U yerda yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi. Xabarda haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralmoqda.