Poytaxtda "Velosiped kuni" aksiyasi bo‘lib o‘tadi

Ishtirokchilar Mahtumquli ko‘chasidan start olib “Yangi O‘zbekiston” bog‘igacha bo‘lgan masofani velosipedda bosib o‘tishadi.
Sputnik
TOShKENT, 20 sen — Sputnik. Toshkentda 22-sentabr kuni “Velosiped kuni” aksiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Aksiya “Xalqaro avtomobilsiz kun” munosabati bilan tashkil etilmoqda.
velosiped

“Ishtirokchilar Mahtumquli ko‘chasidan start olib “Yangi O‘zbekiston” bog‘igacha bo‘lgan 11,5 km masofani velosipedda bosib o‘tishadi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, mazkur aksiya prezidentining 1-avgustdagi PQ–340-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida bo‘lib o‘tadi.