Lukashenko Belarus atrofidagi vaziyatni xavfli deb baholadi

Belarus atrofidagi harbiy-siyosiy vaziyat tufayli Lukashenko harbiy kuchlarni ogohlantirish va xalq qo‘shinlari faoliyati tashkillashtirish kerakligini aytib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 20 sen - Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Belarus atrofidagi harbiy-siyosiy vaziyatni o‘ta xavfli deb baholadi. U bunday fikrni respublika Xavfsizlik kengashi davlat kotibi Aleksandr Volfovich bilan uchrashuvda bildirdi.
“Vaziyat juda jiddiy. Men hatto xavfli deyman. Va biz hech qanday holatda ishlarni soddalashtirmasligimiz kerak”, deya Belarusrahbarining so‘zlarini keltiradi uning matbuot xizmati.
Shu bilan birga, Lukashenko hech narsadan qo‘rqmaslik kerakligini qo‘shimcha qildi.
“Biz urush davri standartlari bo‘yicha ba’zi harbiy qismlarni ogohlantirishimiz kerak. Biz uni safarbar qilishimiz kerak, shunda ushbu qismga tayinlangan odamlar tirik yoki yo‘qligini ko‘ra olamiz. Hududiy mudofaani oshirish kerak. Xalq qo‘shini kerak - o‘sha yerda, bizda qanaqa jangchilar bo‘lishini va ularda qanday qurol-yarog‘lar borligini tekshirish uchun. Ayniqsa, oxirgisi kerak. Chunki xalq qo‘shinimiz shakllanish bosqichida”, dedi Belarus rahbari.
Ma’lumot uchun, Belarus hududida so‘nggi bir prezident saylovidan so‘ng rangli inqilob oraqli davlat to‘ntarishga urinish bo‘lgan edi. Inqilob hukumat tomondan to‘xtatilganidan so‘ng muxolifatchilar Polsha hududiga qochgan edi.
Yana bir xavf, Belarus Rossiyaning harbiy-siyosiy ittfoqichisi bo‘lgani va Rossiya va jug‘rofiy jihatdan G‘arb davlatlari o‘rtasida joylashgani uchun, agar G‘arb Rossiyaga nisbatan biror tajovux uyushtirmoqchi bo‘lsa aksariyat hollarda avval Belarusga zarba berishi kerak bo‘ladi.