Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 28,83 so‘mga pasayib, 10 950,46 so‘mni tashkil qildi.
Sputnik
TOShKENT, 20 sen - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 21sentabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Xorijiy valyutalarniing 21sentabr kuni amalda bo‘ladigan qiymati
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 28,83 so‘mga pasayib, 10 950,46 so‘mni tashkil qildi.
Yevro esa so‘mga nisbatan mustahkamlandi. Xususan, 1 yevro 10,68 so‘mga qimmatlashib, 10 958,13 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli esa 0,18 so‘mga arzonlashib, 182,43 so‘mni tashkil etdi.