Xorijiy valyutalar o‘zbek so‘miga nisbatan mustahkamlandi

Rossiya rubli, yevro va dollarning qiymati so‘mga nisbatan oshdi.
Sputnik
TOShKENT, 19 sen - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 20-sentabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Xorijiy valyutalarning 20-sentabr kuni amalda bo‘ladigan qiymati
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 16,60 so‘mga ko‘tarilib, 10 979,29 so‘mni tashkil qildi.
Yevro ham so‘mga nisbatan mustahkamlandi. Xususan, 1 yevro 20,94 so‘mga qimmatlashib, 10 947,45 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli esa 0,61 so‘mga oshib, 182,61so‘mni tashkil etdi.