TOShKENT, 19 sen — Sputnik. G‘arb Ukrainadagi mag‘lubiyat uchun mas’uliyatni zimmasiga olishni istamayapti, shuning uchun endi muzokaralar jarayoni mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyga bog‘liqligini ta’kidlamoqda. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin ma’lum qildi.
“Vashington va Brussel tomonidan yangi ritorika yangray boshladi: Ukrainadagi tinch yo‘l bilan tartibga solishga oid muzokaralar masalasi butunlay Zelenskiyga bog‘liq. Ilgari aksini ma’qullashayotgandi. Mojaro faqat jang maydonida hal etilishi shart deyishgandi. <…> Zelenskiy bilan g‘alaba bo‘lmasligini tushunib yetishdi. Mag‘lubiyat uchun esa mas’uliyatni zimmalariga olishni istashmayapti ”, - deya yozdi Volodin o‘zining telegram kanalida.
Uning ta’kidlashicha, birinchidan, Ukraina Qurolli kuchlari Vashington va Brussel umidlarini oqlamadi. “Zelenskiy g‘alaba va’da qilgandi. Natija G‘arb homiylari hafsalasini pir qildi”, - deb hisoblaydi Rossiya Davlat dumasi raisi.
Siyosatchining yozishicha, ikkinchidan, AQSh va Yevropa ittifoqidagi ichki siyosiy vaziyat ular amaldorlarini munosabat bildirishga majburlaydi.
“Amerikaliklar va yevropaliklar Ukrainadagi voqealar yuzasidan o‘z pozitsiyalarini bildirishni boshlashdi. Ular urush siyosatini o‘z yonlaridan to‘lashga tayyor emaslar <...>. Ular duch kelgan inflyatsiya, narx o‘sishi, energiya resurslari bilan bog‘liq muammolar va boshqa qiyinchiliklar ularni qish arafasida xavotirga solmay qo‘ymaydi”, - deb hisoblaydi Volodin.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.