Toshkentda talabalarni yotoqxonalarga joylashtirish boshlandi

Ehtiyojdan kelib chiqib, yotoq o‘rinlarni oshirish va ularga talabalarni joylashtirish ishlari davom ettiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Poytaxtdagi “Tashkent indeks” savdo majmuasiga 600 dan ortiq talaba-qiz joylashtirildi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan “Tashkent indeks” savdo majmuasida talabalar uchun yotoq joylar tayyorlandi.
Ayni paytda mavjud ehtiyoj uchun qariyb 3 ming o‘rinli joy hozirlangan.
Talabalar
“Talaba-qizlar va ularning yaqinlari dastlab majmuadagi shart-sharoitni ko‘zdan kechirib, yaratilgan imkoniyatdan mamnun ekanliklarini yashirishmadi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ehtiyojdan kelib chiqib, yotoq o‘rinlarni oshirish va ularga talabalarni joylashtirish ishlari davom ettiriladi.
Talabalar
Eslatib o‘tamiz, mamlakatda mavjud 172 ta OTMda 800 ming nafar talaba tahsil olmoqda.
Hozirgi kunda bitta talaba uchun turar-joy qiymati 40-50 million so‘m atrofida, ya’ni, masalan, 400 o‘rinli talabalar turar-joyi taxminan 20 mlrd so‘m atrofida bo‘ladi.
Prezident topshirig‘i bilan ijara uchun 120 milliard pul ajratilgan bo‘lsa,bundan 15 milliard so‘m o‘zlashtirilgan.