“Tashabbusli budjet”loyihasining 2-mavsumi yakunlandi

Jami 1418 ta loyiha g‘olib deb topildi va ularni amalga oshirish uchun 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. 17 sentabr kuni “Tashabbusli budjet”loyihasining 2022-yilgi 2-mavsumi yakunlandi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab jami 1418 ta loyiha g‘olib deb topilgan. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltiriladi.
“Shu munosabat bilan, mazkur jarayonda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildirgan holda, kelgusida ham o‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etilishida faol ishtirok etishingizni, tashabbus ko‘rsatishingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lumot uchun, “Tashabbusli budjet”loyihasi — bu aholining budjet mablag‘larining aniq qismlarini sarflash maqsadida tashabbuslarni ilgari surishi orqali mahalliy boshqaruvda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishi.