TOShKENT, 19 sent - Sputnik Shanxay Hamkorlik tashkilotining 15-16 sentabr Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammiti haqidagi xabarlar qamrovi Telegram messenjerida 340 million qamrovdan oshdi. Shuningdek, sammit haqida messenjerda 51 ming dan ortiq post yozilgan. Bu haqida Samarqand viloyati hokimligi ma’lum qildi
Sammit yakuni bo‘yicha 44 ta hujjat imzolandi. Xususan, Eron ShHT dagi majburiyatlari to‘g‘risida memorandum imzoladi. Shuningdek, Belarus Respublikasining tashkilotga qabul qilish jarayonlari boshlangani bo‘yicha hujjat tasdiqlandi.
Samarqandda bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Misr va Qatarga muloqot bo‘yicha hamkor maqomini berish bo‘yicha memorandumlar imzolandi. Bahrayn, Maldiv orollari, Quvayt, Birlashgan Arab Amirliklari va Myanma ham muloqot bo‘yicha hamkor maqomini oladi.