TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Botir Zohidov Toshkent shahri Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Zohidov nomzodi Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’qullangan.
Zoxidov Botir Erkinovich naznachen xokimom Shayxantoxurskogo rayona na vneocherednoy sessii Shayxontoxurskogo rayonnogo Kengasha narodnix deputatov
Shu kunga qadar O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Botir Zohidov 1982-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent moliya institutini (2003) va Bank-moliya akademiyasini (2008) tamomlagan.
Shayxontohur tumaniga 2019-yil mayidan buyon Abduqahhor To‘xtayev hokimlik qilib kelayotgandi. To‘xtayev 1996—1999 yillarda ham Shayxontohur tumanini boshqargan.