Samarqandda suzish bo‘yicha o‘tkaziladigan Osiyo chempionati uchun medallar tayyorlandi

Osiyo suzish federatsiyasi shafeligida o‘tkaziladigan musobaqada qit’aning ko‘plab nomdor sportchilari sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.
Sputnik
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Samarqandda 22-24 sentabr kunlari suzish bo‘yicha Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, tashkilotchilar chempionatga tayyorgarlik ishlarining so‘nggi bosqichini olib borishmoqda. Hozirda chempionat sovrindorlari uchun beriladigan medallar ham tayyorlab qo‘yildi.
Medalning old tomonida Osiyo chempionatining logotipi, orqa tomonida esa Registon maydoni rasmi tasvirlangan. Osiyo suzish federatsiyasi nomlanishining qisqartmasi hamda qit’a chempionati o‘tkaziladigan sana ham yozilgan.
Osiyo chempionati
Osiyo suzish federatsiyasi shafeligida o‘tkaziladigan mazkur nufuzli musobaqada qit’aning ko‘plab nomdor sportchilari sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.