Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya QK Zaporojyedagi “Karpatskaya sech” bataloni punktiga zarba berdi

Ommaviy o‘t ochish zarbalari oqibatida 70 nafardan ortiq ukrainalik harbiylar va jangarilar, shuningdek, to‘rtta zirhli texnika yo‘q qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Rossiya harbiylari Zaporojyedagi “Karpatskaya sech” milliy batalonining vaqtincha joylashtirish punktiga zarba berishdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-leytenant Igor Konashenkov ma’lum qildi.
“RF Qurolli kuchlarining ommaviy o‘t ochish zarbalari natijasida Dolinka tumanidagi 128-tog‘-hujum brigadasining shaxsiy tarkibi va texnikasi to‘plangan joylarda, Zaporojye viloyatining Ribnoe tumanidagi 102-hududiy mudofaa brigadasi hamda Zaporojyedagi “Karpatskaya sech” milliy batalonining vaqtincha joylashtirish punktida 70 nafardan ortiq ukrainalik harbiylar va jangarilar, shuningdek, to‘rtta zirhli texnika yo‘q qilindi”, - dedi u.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.