Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Razvedkachi G‘arb Ukrainaga qanday yordam berayotganini aytdi

RF Qurolli kuchlar razvedka bo‘limining “Ladan” chaqiruv belgisi bo‘lgan harbiyi G‘arb Ukranani elektronika, dori-darmon, qurol-yarog‘ bilan ta’minlayotganini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Ukraina qo‘shinlarida katta miqdordagi g‘arbiy elektronika, dori-darmon, qurol-yarog‘ va oziq-ovqat mahsulotlari bor. Bu haqda RF Qurolli kuchlar razvedka bo‘limining “Ladan” chaqiruv belgisi bo‘lgan harbiyi RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.
“Ular G‘arbdan jiddiy ta’minotga ega, juda ko‘p - elektronika, dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari”, deb tushuntirdi harbiy.
"Bir marta shunday bo‘lganini ko‘rdim, yerda “Javelin” yotardi, bir yigit uni olmoqchi bo‘ldi. Uning ostida esa “surpriz” bor edi, natijada “ikki yuzinchi” tayyor. Yigit vafot etdi. Shu sababli, aytaylik, umuman hech narsaga tegmaslikka harakat qilaman”, dedi agentlik suhbatdoshi.
Rossiyaning harbiy maxsus operatsiyasi fonida AQSh va uning NATOdagi ittifoqchilari Ukrainaga qurol yetkazib berishda davom etmoqda. Prezident Jo Bayden lend-liz to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, Vashington Kiyevga harbiy yordam uchun o‘nlab milliard dollar ajratmoqda. Moskva G‘arb qurollarini yetkazib berish faqat mojaroni uzaytirishini bir necha bor ta’kidlagan.