TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Qirg‘iziston bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab, xorijdagi elchixonalar va konsulliklarda yarimga tushirildi, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston.
Madaniyat muassasalari va teleradiokompaniyalarga ko‘ngilochar dasturlarni bekor qilish tavsiya etildi. Tojikiston Demokratik partiyasi rahbari Sayjafar Usmonzoda 20-sentabrni milliy motam kuni deb e’lon qilishga chaqirdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi mojaro oqibatida 59 nafar qirg‘izistonlik halok bo‘lgan. Tojikistonda esa 28 nafar tinch aholi halok bo‘lgan. Har ikki tomondan ham bolalar halok bo‘ldi.
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida vaziyat tarangligicha qolmoqda.Mamlakat chegara xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, tun tinch o‘tgan, o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi buzilishi qayd etilmagan. Qirg‘iz-tojik chegarasida chegarachilar kuchaytirilgan rejimda xizmat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida yirik to‘qnashuvlar juma kuni ertalab boshlangan. Tomonlar bir-birini o‘q uzganlikda aybladi. Ikki davlat chegaraning 70 ta bahsli uchastkasi bo‘yicha kelisha olmayapti.