TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘zbekistonda 10-oktabrgacha birinchi paxta terimi to‘liq yakunlanib, ikkinchi terimga o‘tiladi. Bu haqida Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Aytilishicha, joylardan olingan takliflarga asosan hududlarda paxta yig‘im-terimiga ommaviy kirishish 10-sentabrdan boshlangan.
Bu yilgi mavsum uchun viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 21 379 ta terim otradi shakllantirilgan. Ularga 1 959 702 nafar terimchi biriktirilgan.
“Har bitta otradda o‘rtacha 90-100 nafar terimchi mehnat qilmoqda. Hozirda terimchilar orasida 100-150 killogramgacha paxta terayotganlar bor”, deyiladi xabarda.
Paxta teruvchilar kimlar:
Paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari ishchilari - 605 136 nafar;
Mahalliy aholi va mavsumiy ishchilar - 1 269 676 nafar;
Boshqa hududlardan jalb qilingan terimchilar - 64 972 nafar.
Bir nafar terimchiga mavsumda o‘rtacha 1,5 tonna paxta terish hisob-kitob qilinib, paxta yig‘im-terimiga jalb etilmoqda. Terimchilar har kilogramm paxta xomashosi uchun birinchi terimda 1500 so‘mdan haq olmoqda.
Ikkinchi terimda 1800 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda beriladi. Terimchilarning tergan paxtasi uchun terim pullari har besh kunda to‘lab berilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatda qo‘lda terilgan har kilogramm paxta xomashosi uchun o‘tgan to‘lanadigan pul miqdori o‘tgan yilga nisbatan o‘rtacha 2500 — 3000 so‘m atrofida oshgan.