TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Tayvan va Xitoy o‘rtasida harbiy mojaro yuzaga kelgan taqdirda Qo‘shma Shtatlar orolni himoya qiladi. Bu haqda AQSh prezidenti Jo Bayden CBS telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Ha (himoya qilamiz - taxminiy tahrir). Biz uzoq vaqt oldin imzolangan narsaga rozimiz. Biz orol bilan hamkorlik qilishiga qaramay, Tayvanni Xitoydan mustaqillikka erishishga undamaymiz”, dedi Bayden.
Tayvan atrofidagi vaziyat avgust oyida AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Taybeyga tashrifidan keyin keskinlashgan. Bunga javoban Pekin orol qirg‘oqlari yaqinida keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlarni boshlab yubordi, Tayvanning ikkita jamg‘armasiga, Pelosining o‘zi va uning yaqinlariga nisbatan sanksiyalar joriy qildi va boshqa choralar ko‘rdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi barcha salbiy oqibatlar uchun javobgarlikni Vashington va Taybeyga yukladi.
XXR Tayvansuverenitetini tan olmaydi, uni o‘z provinsiyasi deb hisoblaydi va uning boshqa davlatlar rasmiylari va harbiylari bilan aloqalariga keskin qarshi chiqadi.