TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Buxoro viloyati Buxoro tumanining Sheyxon mahallasida namunaviy tipdagi “Sheyxan etno-markaz"i tashkil etildi. Bu haqda viloyat Turizm va madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha mazkur markazning ochilish marosimi bo‘lib o‘gan. Tadbirda mahalliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi, Buxoro folklori namunalari, xalq o‘yinlari namoyish etilgan. Milliy taomlar tortiq qilingan.
Buxoroda "Sheyxan etno-markazi" ochildi
© Buxoro viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati
“Bu yerga ilk kelganimda bu joylarning manzarasi, tabiati va mahalladagi urf-odatlarning azaldan saqlanib qolinganligi, milliylik aks etgan qatriyatlarning haliyam davom etayotganligi quvontirdi. Va do‘stimga bu yerga albatta, bir maskan qurish kerakligini, maskanda milliy etnik taomlar, o‘yinlar va Nasriddin Afandining chiqishlarini jonlantirib, keladigan mehmonlar e’tiboriga havola etishni taklif etdim”, - deydi rossiyalik investor,“Sheyxan etno markazi” hamkori Oleg Spichak.
Buxoroda "Sheyxan etno-markazi" ochildi
© Buxoro viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati
Bundan tashqari, qishloq markazida supermarket, dorixona, go‘zallik saloni, axborot markazi, tikuv sexi, turoperatorlik ofisi, pochta xizmati, avia va temir yo‘l chiptalari kassasi, suvenir do‘koni, elektrotexnika buyumlari ustaxonasi, sartaroshxona, qandolatchilik va milliy shirinliklar tayyorlash sexi, oilaviy mehmon uyi, poyafzal ta’mirlash ustaxonasi, kiyim do‘koni, milliy choyxona, velosiped ijara markazi va nonvoyxonani o‘z ichiga olgan zamonaviy maishiy xizmat uyini qurish ham rejalashtirilgan.
Buxoroda "Sheyxan etno-markazi" ochildi
© Buxoro viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati
Ma’lumot uchun, Sheyxon qishlog‘i uzoq yillik tarixga ega. Qishloq aholisi dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug‘ullanib kelgan. E’tiborli jihati shundaki, qishloqning o‘ziga xos tarixi, qadimiy inshootlari va milliy urf-odatlari hozirgi kunga qadar saqlanib kelinmoqda. Etnik qishloq turizm klasterini tashkil etishda qishloqda sho‘rdanak, quruq mevalar, milliy shirinliklar, poliz ekinlari va hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash jarayonlarining avloddan-avlodga o‘tib kelishi kabi qadriyatlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Buxoroda "Sheyxan etno-markazi" ochildi
© Buxoro viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati
Qishloq ayollari ushbu mahsulotlarni tayyorlashda har bir ko‘chadan bitta xonadonda yig‘ilishib qadimgi urf-odatlar, milliy kuy-qo‘shiqlarni ijro etib, laparxonlik, qadimgi rivoyatlar va an’analarni yosh avlodga yetkazish jarayonida mehnat qilishni odat tusiga aylantirishgan.
Buxoroda "Sheyxan etno-markazi" ochildi
© Buxoro viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati
“Sayyohlar uchun qishloq turmush tarzini namoyish etish bo‘yicha qator shart-sharoitlar mavjud bo‘lib, hozirgi kunda mas’ullar zimmasiga namunaviy tipdagi etnoturizm markazi, qo‘shimcha turistik xizmatlarni tashkil etish va ushbu turizm qishlog‘i bo‘yicha 1-3 kunlik turistik paket ishlab chiqish kabi topshiriqlar yuklanib, tuzilgan rejaga binoan zaruriy choralar ko‘rildi. Natijada yangi turistik yo‘nalish paydo bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.
Buxoroda "Sheyxan etno-markazi" ochildi
© Buxoro viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati
Buxoroda "Sheyxan etno-markazi" ochildi
© Buxoro viloyati Turizm va madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati