Bugun harorat +34 darajagacha ko‘tariladi

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati 29...34 darajani tashkil etadi.
Sputnik
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kun davomida shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 29...34 darajani tashkil etadi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 31...33 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22...27 daraja bo‘ladi.