TOShKENT, 19 sen — Sputnik. AQSh Jenevadagi Biologik va toksik qurol-yarog‘larni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyaga a’zo davlatlar yig‘ilishida Ukrainadan fuqarolarning patogen (kasallik qo‘zg‘atuvchi) shtammlari va biomeriallari namunalari olib chiqilganini tan oldi. Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlarining radiatsiya, kimoviy va biologik himoya qo‘shinlari rahbari Igor Kirillov ma’lum qildi.
“AQSh va Ukrainaning Ukraina fuqarolaridan shtammlar va biomateriallar olib chiqish va harbiy xizmatchilar, kam ta’minlangan fuqarolar hamda aholining eng himoyalanmagan qatlamidan biri – ruhiy kasalxonalar bemorlarida tadqiqot o‘tkazishda etika meyorlariga rioya qilishga oid tushuntirishlari g‘oyat ishonarsiz bo‘ldi”, - dedi u.
Kirillovning ta’kidlashicha, bu masalani muhokama qilish chog‘ida Amerika delegatsiyasi shunga o‘xshash faktlarni tan olgan va “shu bilan birga, AQShga patogen biomaterillar namunalari berish “gohida bo‘lib turganini” aytgan”
Jenevada 5-9 sentabr kunlari Biologik va toksik qurol-yarog‘larni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyaga a’zo davlatlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Rossiya AQSh va Ukraina konvensiyaning I va IV moddalarini buzganligi uchun uni o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan. Kirillovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, jumladan, Ukraina biolaboratoriyalaridagi patogen materiallar to‘plangani qismi haqiqiy ekanligi biror bir delegatsiyada shubha tug‘dirmagan.