TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Tayvanning sharqiy qismida 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Yaponiyaning milliy meteorologiya boshqarmasi xabar berdi.
AQSh Geologiya qidiruv xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila episentri Yujing hududidan 85 kilometr sharqda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda.
Yaponiyaning Okinava prefekturasidagi Miyakodzima, Isigaki va Yonaguni orollarida sunami xavfi e’lon qilingan
Hozircha qurbonlar va vayrongarchiliklar to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etilmagan.