O‘zgidromet bugun kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati +27...+32 darajani tashkil etadi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati +29...+31 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati +20...+25 daraja bo‘ladi.