TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasining FIFA kunlari doirasida sentabr oyidagi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun tarkibi e’lon qilindi.
Navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari 19-sentabr kuni boshlanadi. Yig‘inning dastlabki kuni Toshkentda o‘tadi, keyin esa terma jamoasi Kamerun va Kosta-Rika terma jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etish uchun Janubiy Koreyaga yo‘l oladi.
Bosh murabbiy Srechko Katanes yig‘inga 23 nafar futbolchini jalb etgan.
Sentabr oyidagi yig‘inida ishtirok etadigan futbolchilar
© O‘FA
Ma’lum qilinishicha, Jaloliddin Masharipov jarohatdan tiklanayotgani sababli chaqirilmagan. "An-Nassr" klubining murojaatiga asosan futbolchi ushbu yig‘inni o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tmiz, O‘zbekiston milliy jamoasi 23-sentabr kuni Kamerun, 27-sentabrda esa Kosta-Rikaga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi.