Toshkentda eng baland ijara narxi qaysi tumanlarga to‘g‘ri kelmoqda

Toshkent shahri tumanlaridagi ko‘p qavatli uylarda ijara narxlari qanday ekanligini tahlil qilindi - tafsilotlar.
Sputnik
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Toshkentda ijara narxlari bo‘yicha eng baland narx Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida qayd etildi. Bu haqida Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti xabar berdi.
Aytilishicha, Toshkent shahri tumanlaridagi ko‘p qavatli uylarda ijara narxlari qanday ekanligini tahlil qilindi.
Unga ko‘ra, Toshkentda ko‘p qavatli uylardagi ijara narxi o‘rtacha 339 dollarga teng. Ijara narxlari bo‘yicha eng past narx Sergeli va Olmazor tumanlarida, eng baland narx esa Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida qayd etildi.
Ijara biznesining daromadliligi Toshkent shahri uchun 10% ni tashkil etadi.
“Hozir Toshkentda ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad o‘rtacha bank valyuta depozitlari tushumidan (3,4%) uch baravar ko‘proq. Bu hozirda jamg‘armalarni ko‘chmas mulkka sarflash va uni ijraga berish valyutada depozit ko‘rinishida saqlashdan ko‘ra foydaliroq ekanligini ko‘rsatadi”, deyiladi xabarda.
Toshkent shahri markazidagi xonadonning o‘rtacha narxi YaIMning kishi boshiga to‘g‘ri keladigan ulushidan 50 barobar ko‘p.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida xonadon ijarasi bozori shakllanishning boshlang‘ich bosqichida turibdi.