Tojik-qirg‘iz chegarasida yangi muzokaralar olib borilmoqda

Aytilishicha, Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasidagi vaziyat tomonlar nazorati ostida.
Sputnik
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Qirg‘iziston va Tojikiston MXDQ rahbarlari chegaradagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha yangi muzokaralar olib bormoqda.
Aytilishicha, Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasidagi vaziyat tomonlar nazorati ostida.
Bugun kelishuvga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha qo‘shma komissiya o‘z faoliyatini davom ettirdi. Uchrashuv Isfara tumani, Qulkand mahallasida bo‘lib o‘tmoqda.
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmati ma’lum qilishicha, Tojikiston Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi Paskiy-Ariq va Dustuk qishloqlarini minomotlardan o‘qqa tutdi .
Chegaradagi mojaro natijasida 24 nafar Qirg‘iziston fuqarosi halok bo‘ldi, 103 nafari yaralandi.
Tojikiston tomoni hali jabrlanganlar haqida ma’lumot bermadi.