Samarqandda avtomobil harakatiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilindi

Shaharda avtomobillar cheklovsiz harakatlanishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Bugundan Samarqand shahrida transport vositalarining harakatiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar bekor qilindi. Bu haqida Samarqand viloyati IIB xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti munosabati bilan 14-17 sentabr kunlari Samarqand shahriga kirish yo‘llari yopilgandi.
Viloyat hududidan tranzit o‘tuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etildi va maxsus flayerlar ishlab chiqildi.