Rejissor Igor Maslennikov vafot etdi

Igor Maslennikov 90 yoshida dunyodan ko‘z yumdi.
Sputnik
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Taniqli rus kinorejissori, Sherlok Xolms haqidagi filmlar yaratuvchisi Igor Maslennikov 90 yoshida vafot etdi. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi.
Rejissor, shuningdek, " Zimnyaya vishnya " trilogiyasi va " Pikovaya dama "filmi bilan ham tanilgan.
Igor Maslennikov 1931-yil 26-oktabrda Nijniy Novgorodda tug‘ilgan. 1954-yilda Leningrad davlat universitetining jurnalistika fakultetini, 1967-yilda “Lenfilm” qoshidagi kinorejisserlar uchun oliy kurslarni tamomlagan.