O‘zgidromet bugun kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Bugun O‘zbekistonda havo harorati +27-32 darajani tashkil etadi. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.
Kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati +28-30 daraja bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati +20-25 daraja bo‘ladi.