TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Bugun paralimpiya yo‘nalishida o‘qish istagini bildirgan 300 nafardan ziyod nogironligi bo‘lgan yoshlar kasbiy imtihonlardan o‘tishadi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Respublikaning 5ta Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida paralimpiya yo‘nalishi bo‘yicha 1-kursga kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayoni bo‘lib o‘tmoqda.
Kasbiy imtihonlar
© Sportni rivojlantirish vazirligi
“Imtihon natijalariga ko‘ra, ular orasidan 145 nafari tanlab olinishi rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Imtihon jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar markazlarning 1-kursiga qabul qilinadi.
Kasbiy imtihonlar
© Sportni rivojlantirish vazirligi
Imtihonlar Termiz, Navoiy, Nukus, Qarshi hamda Urganch shaharlaridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida bo‘lib o‘tmoqda.