Bugun Buxoroda tungi xayriya poygasi bo‘lib o‘tadi - video

Loyihadan tushgan xayriya mablag‘lari muzeylarni ko‘rish qobiliyatida nuqsoni bo‘lgan kishilar uchun moslashtirishga yo‘naltiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Bugun Buxoroda tungi xayriya poygasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Yugurish musobaqasi azim Buxoroning Eski shahar hududida quyosh botayotgan mahal boshlanadi.
Unda nafaqat katta yoshdagilar, balki bolajonlarimiz ham ishtirok etishlari mumkin.
Loyihadan tushgan xayriya mablag‘lari muzeylarni ko‘rish qobiliyatida nuqsoni bo‘lgan kishilar uchun moslashtirishga yo‘naltiriladi.