TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlarning apellyatsiya arizalari talabgorlar ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqida Davlat test markazi xabar berdi.
Aytilishicha, Davlat test markazida 17-sentabr kuniga belgilangan apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.
Arizalar 7-sentabrdan boshlab Apellatsiya komissiyasi tomonidan bevosita talabgor ishtirokida ko‘rib chiqildi.
Jarayonlarda 5 980 nafar talabgordan 889 nafari (14,9 foizi) ishtirok etgan.
Ular quyidagicha:
OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha — 744 nafar (4 980 nafar abituriyentdan);
Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish test sinovlari bo‘yicha — 145 nafar (1 000 nafar talabgordan).
Eslatib o‘tamiz, apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 7-sentabrdan boshlangan. Arizalari 10 kun davomida my.dtm.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilingan.