Xorijiy valyutalarning kelayotgan hafta amalda bo‘ladigan kursi belgilandi

Sputnik
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 19-sentabrda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 19-sentabrda amalda bo‘ladigan qiymati
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,61 so‘mga qimmatlashdi va 10 962,69 so‘mni tashkil qildi.
Yevro so‘mga nisbatan qadrsizlandi. Xususan, 1 yevro 17,00 so‘mga arzonlashib, 10 926,51 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli kursi 1,08 so‘mga pasaydi va 182,00 so‘mni tashkil etdi.