TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Xalqaro hamjamiyatga yanada inklyuziv dunyo tartibi kerak, dedi ShHTning Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan sammitida so‘zga chiqqan Turkiya prezidenti Tayyip Erdo‘g‘an.
Xususan, Turkiya prezidenti so‘nggi yillarda insoniyat ulkan chaqiriqlar duch kelayotganini va ushbu vaziyat bir vaqtning o‘zida katta imkoniyatlar ham yaratayotganini aytib o‘tdi.
Lekin ayrim davlatlar ushbu vaziyatda "devorlar" qurib o‘zgalarni cheklashga harakat qilayotganini aytib o‘tdi. Bularning barchasi xalqaro hamjamiyatga islohotlar kerak ekanini ko‘rsatmoqda. Xususan, bizga yanada inklyuziv dunyo tartibi kerak, - dedi Turkiya prezidenti.
Eslatib o‘tamiz bugun Samarqandda ShHT davlat rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda 13ta davlat rahbarlari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakichlari ishtirok etmoqda.
Aytish joizki Samarqand sammiti pandemiyadan so‘ng oflayn formatda o‘tkazilayotgan birinchi uchrashuvdir. Aksariyat davlat rahbarlari 3-yil va undan ortiq yil davomida ilk bor yuzma-yuz uchrashishmoqda.