Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina Xerson markaziga raketa hujumi uyushtirdi

Kiyev rejimining zarbasi natijasida bir kishi vafot etdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 sent - Sputnik. Ukraina Xerson markaziga raketa hujumi uyushtirdi. Raketa viloyat ma’muriyati binosiga kelib tushgan. Bu haqda RIA Novosti agentligiga ma’muriyat rahbari o‘rinbosari ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Kiyev rejimining zarbasi natijasida mehnat bo‘limi boshlig‘i yaralangan. Uning haydovchisi vafot etgan.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.