TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan Shanhay Hamkorlik Tashkiloti sammitidan so‘ng qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyat yuzasidan yuzma-yuz muzokara o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki davlat rahbarlari tegishli tuzilmalarga o‘t ochishni to‘xtatish, qo‘shin va vositalarni to‘qnashuv chizig‘idan olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishga kelishib oldi.
Prezidenti Kirgizstana i Tadjikistana proveli ochnie peregovori po situatsii na kirgizsko-tadjikskoy granitse posle Samarkandskogo Sammita
© ShHT / ShOS
Ta’kidlanishicha, har ikki davlat milliy xavfsizlik qo‘mitalari bo‘lib o‘tgan voqea sabablari va holatlari yuzasidan tergov o‘tkazish bo‘yicha Komissiya tuzishadi va birgalikda ish olib borishadi.
Shuningdek, prezidentlar Emomali Rahmon va Sadir Japarov ikki davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish uchun Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlararo komissiyasi ishini jadallashtirish bo‘yicha ham kelishuvga erishdi.