Tojik-qirg‘iz chegarasida otishmalar kamaydi

Mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegaradiga otishmalar intensivligi kamayganini aytgan
Sputnik
TOShKENT, 16 sent - Sputnik Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmati qo‘mitasi rahbarlari mamlakatlar chegarasidagi vaziyat bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda. Shu sababli mojaro maydonida otishmalar shiddati kamaygani haqida xabar berildi. Bu haqida RIA Novostiga Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Ayni paytda Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida otishmalarni to‘xtatish borasida muzokaralar olib borilmoqda. Unda Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi, general-leytenant Tashiyev K.K va Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari, general-polkovnik Yatimov S.Slar ishtirok etishmoqda. Otishmani butunlay to‘xtatish maqsadida ishlar olib borilmoqda”- deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, muzokaralar sabab chegarada otishmalar kamaymoqda.
Bugun juma kuni tongda Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida keng qamrovli ziddiyatlar yuzaga keldi. Qirg‘iz tomon xabar berishicha, Tojikiston chegaraning butun perimetri bo‘ylab qirg‘iz pozitsiyasiga hujum qilgan. Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Qirg‘izistonning Botken chegara otradiga qarashli Ko‘ktosh chegara posti harbiylari kelishuvni buzgan holda, Tojikistonning Isfara chegara otradiga qarashli “Dushanbe” chegara postiga o‘q uzganligini ma’lum qilgan.