ShHT-2022: Samarqand sammiti

Si Szinpin ShHT mamlakatlari yetakchilari ishtirokidagi kechki ziyofatda nega ko‘rinmadi

Si Szinpin koronavirus davrida xavfsizlikni ta’minlash siyosati doirasida tadbirda ishtirok etmagan.
Sputnik
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Xitoy raisi Si Szinpin nima sababdan Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo 11 davlat rahbarlari bilan Samarqandda tashkil qilingan kechki ziyofatga bormagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda G‘arb OAVlariga tayanib, “Praym” agentligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, siyosatchi Xitoy delegatsiyasining koronavirus davrida xavfsizlikni ta’minlash siyosati doirasida tadbirda ishtirok etmagan.
Eslatib o‘tamiz, bugun Samarqandda ShHT davlat rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda 13 ta davlat rahbarlari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakchilari ishtirok etmoqda.
Aytish joizki, Samarqand sammiti pandemiyadan so‘ng yuzma-yuz o‘tkazilayotgan ilk sammitdir. Aksariyat davlat rahbarlari 3 va undan ortiq yildan buyon ilk bor yuzma-yuz uchrashishmoqda.