TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Samarqandda so‘zga chiqqan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ShHTning hududiy tashkilotdan global tashkilotga aylanish vaqti kelganini aytdi.
Xususan, Lukashenko Belarus 2010-yildan buyon ShHTda muloqot bo‘yicha hamkor maqomiga ega bo‘lganini, 2015-yildan so‘ng esa kuzatuvchi maqomida bo‘lganini aytib o‘tdi. "O‘tgan davr mobaynida biz tashkilotning maqsad va maslaklari biznikiga to‘g‘ri kelish kelmasligini sinchiklab o‘rgandik" - dedi Lukashenko.
"Bugun butun dunyoda progressiv insoniyatning nigohi ShHTga qaratilgan. Ko‘plab davlatlar ShHT eshigini qoqmoqda. Demak, ShHTning hududiy tashkilotdan global tashkilotga aylanish vaqti keldi. Menimcha bu vaqtdan samarali foydalanish kerak", - dedi Lukashenko.
Eslatib o‘tamiz bugun Samarqandda ShHT davlat rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda 13ta davlat rahbarlari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakichlari ishtirok etmoqda.
Aytish joizki Samarqand sammiti pandemiyadan so‘ng oflayn formatda o‘tkazilayotgan birinchi uchrashuvdir. Aksariyat davlat rahbarlari 3-yil va undan ortiq yil davomida ilk bor yuzma-yuz uchrashishmoqda.