ShHT-2022: Samarqand sammiti

ShHT davlatlari bilan energetika sohasida hamkorlik qilishga tayyormiz - Berdimuhamedov

Shuningdek, Berdimuhamedov “Turkmaniston – ShHT” Ishbilarmonlar kengashini tuzishni taklif qildi.
Sputnik
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etayotgan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ShHT Bosh kotibi Chjan Min bilan uchrashdi. Bu haqda “Neytral Turkmaniston” gazetasi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Berdimuhamedov Turkmaniston energetika sohasida allaqachon katta tajriba to‘plaganini va uni baham ko‘rishga tayyorligini aytgan. Mamlakat ShHTga a’zo davlatlar bilan aniq energetika loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma ishlarda ham ishtirok etishga tayyorligi bildirilgan.
Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston va ShHTga a’zo manfaatdor davlatlar o‘rtasida energetika masalalari bo‘yicha ishchi guruh tuzish, shuningdek, transport sohasidagi ishlarni ta’minlash uchun vaqtinchalik muvofiqlashtiruvchi kengash tuzish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif qilgan.
Bundan tashqari, Berdimuhamedov “Turkmaniston – ShHT” Ishbilarmonlar kengashini tuzishni taklif qilgan.
Chjan Min, o‘z navbatida, ShHT Turkmanistonning tashkilotga a’zo davlatlar bilan o‘zining butun spektri bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalariga uzoqni ko‘zlab va mas’uliyat bilan yondashganini yuksak qadrlashini ta’kidlagan.