ShHT-2022: Samarqand sammiti

Shahboz Sharif suv toshqini paytida yordam bergan ShHT rahbarlariga minnatdorchilik bildirdi

Pokiston bosh vaziri ShHT sammitida yaqinda mamlakatdagi suv toshqini talofotlari haqida so‘zladi
Sputnik
TOShKENT, 16 sent - Sputnik Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Pokistondagi suv toshqinlari payti yordam bergan ShHT mamlakatlari yetakchilariga minnatdorchilik bildirdi
Uning aytishicha, Pokistondagi suv toshqinlarida 1,4 ming inson halok bo‘lgan va shulardan 400 nafari bolalar bo‘lgan, millionlab insonlar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.
Bosh vazirning ta’kidlashicha, 40-yildan buyon davlat boshqaruv sohasida faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsada, bunday qamrovdagi hodisalarni ko‘rmagan

“Qo‘llab-quvvatlash kerak bo‘lgan vaqtda bizga yordam qo‘lini cho‘zganlardan minnatdormiz. Ushbu stol atrofida o‘tirgan insonlarning Pokiston xalqiga qo‘llari ochiq va saxiy”, - deya ShHT mamlakatlari yetakchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi Pokiston bosh vaziri.