Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmatiga ko‘ra, harbiylar o‘rtasidagi to‘qnashuv qirg‘iz-tojik chegarasining butun uzunligi bo‘ylab sodir bo‘lmoqda.
Aholi otishmalar bo‘layotgan chegara hududlaridan evakuatsiya qilinmoqda
Qirg‘izistonning Tojikiston bilan chegaradosh Botken viloyati hukumati 4 nafar Qirg‘iziston askari yaralangani haqida ham xabar berdi.
O‘z navbatida, Tojikiston tomoni o‘q uzishda Qirg‘iziston tomonini ayblamoqda.
Qirg‘iziston va Tojikiston chegaradagi to‘qnashuvlar sababli ikki davlat viloyatlari rahbarlari va chegarachilarning uchrashuvini o‘tkazishga kelishib oldilar