ShHT-2022: Samarqand sammiti

Putin ShHT sammitidan so‘ng BMT Bosh kotibi o‘rinbosari bilan suhbatlashdi

BMT vakili Putinning yoniga kelgan va ular tarjimon yordamida tik oyoqda turib suhbatlashgan.
Sputnik
TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) sammiti doirasida BMT Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Rozmari DiKarlo bilan qisqacha suhbatlashdi.
Uchrashuv joyidan olingan kadrlarda sammitning kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvdan so‘ng BMT vakili Putinning yoniga kelgani va ular tarjimon yordamida tik oyoqda turib suhbatlashgani tasvirlangan.
Majlisda Putin Rozmari DiKarlo zalda ekanidan foydalangan holda BMT Kotibiyatidan Yevrokomissiyaga Rossiya o‘g‘itlarini rivojlanayotgan mamlakatlarga yetkazib berishdagi diskriminatsion cheklovlarni olib tashlash uchun ta’sir o‘tkazishni so‘radi. Rossiya Federatsiyasi prezidenti bu masalani avvalroq BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan muhokama qilganini qo‘shimcha qildi.