TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) butun dunyo bilan hamkorlik qilish uchun ochiq ekanini ma’lum qildi.
Samarqanddagi ShHT Davlat rahbarlari kengashi majlisida Putin ShTHga a’zo davlatlarining iqtisodiy hamkorligi mustahkamlanayotgani, turli sohalarda savdo-investitsiyaviy hamkorlik kengayib borayotganini qayd edi.
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, shu bilan birga milliy valyutalardagi hisob-kitob ulushi o‘sib bormoqda.
“ShHT butun dunyo bilan hamkorlik qilish uchun ochiq”, - dedi Putin.
Samarqand shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida ShHT Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Sammit ishida ShHTga a’zo mamlakatlar – Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Hindiston, shuningdek, tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlatlar – Belarus, Mo‘g‘uliston va Eron yetakchilari ishtirok etmoqda.
Faxriy mehmon sifatida Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston va Armaniston , shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, boshqa nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari taklif etilgan..