ShHT-2022: Samarqand sammiti

O‘zbekiston ShHT mamlakatlari Maxsus iqtisodiy zonalari alyansini tuzish tarafdori - Mirziyoyev

O‘zbekiston sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish va o‘zaro savdoni rag‘batlantirish maqsadida ShHT mamlakatlari Maxsus iqtisodiy zonalari alyansi tuzilishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) mamlakatlari Maxsus iqtisodiy zonalari alyansini tuzish tarafdori. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi ShHT Davlat rahbarlari kengashi majlisida ma’lum qildi.
"O‘zbekiston sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish va o‘zaro savdoni rag‘batlantirish maqsadida ShHT mamlakatlari Maxsus iqtisodiy zonalari alyansini tuzish tarafdori", - dedi Mirziyoyev.
O‘zbekiston rahbari iqtisodiyot, savdo va investitsiya sohasidagi hamkorlikning amaliy ta’sirchanligini oshirish g‘oyat muhim ekanini qayd etdi. O‘zbekiston ShHT mamlakatlari iqtisodiyotlarining bir-birini o‘zaro to‘ldirib borishdagi afzalliklarini hisobga olgan holda, mavjud salohiyatni maksimal darajada oshirishdan manfaatdor.
Shu munosabat bilan mirziyoyev ShHTning yangi iqtisodiy muloqotini boshlash asosida sanoat va texnologik hamkorlikning umumiy makonini shakllantirishni taklif etdi.
Mamlakatlarimiz o‘rtasida keng ko‘lamli iqtisodiy hamkorlikni ta’minlash va amaliy hamjihatlikning aniq natijalariga erishish masadida O‘zbekistonda ShHT mintaqalarining biznes sherikligi haftaligini o‘tkazish taklifi ilgari surildi.
bundan tashqari, Mirziyoyev har yili ShHT yirik savdo yarmarkasini o‘tkazish, uning asosida yagona elektron platforma yaratishni taklif etdi.