TOShKENT, 16 sent - Sputnik O‘zbekiston Afg‘onistonni birgalikda qo‘llab-quvvatlash fondini yaratishni taklif qiladi dedi prezident Shavkat Mirziyoyev
Prezidentning ta’kidlashicha, “ShHT mamlakatlari Afg‘onistonni o‘z muammolari bilan yolg‘iz qoldirmasligi kerak”. Mirziyoyevning aytishicha, Afg‘onistonni yakkalash radikalizatsiyaning oshishi va uning terroristik tashkilotlar uchun maydonga aylanishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, Qobul bilan qonstruktiv aloqalar o‘rnatish zarur.
“Yaqinda bo‘lib o‘tgan Toshkent konferensiyasini qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Unda afg‘on delegatsiyasi va ShHTga a’zo mamlakatlar ishtirok etishi dunyo hamjamiyatining ushbu mamlakat bilan hamkorlik yo‘nalishlarini yaratishga harakat qilayotganidan dalolat”, - deydi Mirziyoyev
Afg‘onistonni gumanitar qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus fondni mazkur mamlakatga chegaradosh bo‘lgan Termiz shahrida – u yerdagi mavjud transport-logistika xabining zamonaviy infratuzilmasidan foydalangan holda, birgalikda ta’sis etish taklif qilindi.