TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan ShHT sammiti davomida besh davlat rahbarlari matbuot kotiblari bir joyda to‘planishdi.
O‘zbekiston, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston prezidentlari matbuot kotiblari birga suratga tushishdi. Fotosuratni O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘z telegram kanalida chop etgan.
"ShHT sammiti davomida davlatlarimiz rahbarlarining faoliyatini tashkiliy jihatdan mukammal ta’minlash uchun ularning administratsiyalari, vazirlik va idoralar mutasaddilaridan iborat katta guruhlar, shu jumladan matbuot kotiblari xizmat qilmoqda. Fotosuratda: hamkasblarim Dmitriy Peskov, Ibrohim Qalin, Ruslan Jeldibay va Erbol Sultanbayev", - deb izoh qoldirgan Asadov.
Eslatib o‘tamiz bugun Samarqandda ShHT davlat rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda 13ta davlat rahbarlari va 10 dan ortiq xalqaro tashkilotlar yetakichlari ishtirok etmoqda.
Aytish joizki Samarqand sammiti pandemiyadan so‘ng oflayn formatda o‘tkazilayotgan birinchi uchrashuvdir. Aksariyat davlat rahbarlari 3-yil va undan ortiq yil davomida ilk bor yuzma-yuz uchrashishmoqda.