ShHT-2022: Samarqand sammiti

Milliy valyutalarda hisob-kitoblarni oshirish kerak - Lukashenko

Belarus prezidenti asossiz sanksiyalar bilan qanday kurashish kerakligini aytib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishida bank sohasiga yangicha nazar tashlash zarurligini aytdi. Bu haqida Sputnik muxbiri xabar berdi.
“Asossiz sanksiyalar, xalqaro hisob-kitoblardan uzilish milliy valyutalarda hisob-kitoblar ulushini oshirish, bank tizimida konvergensiya zarurligiga olib kelmoqda”, deydi prezident.
Shuningdek, u 2024-yilda yozgi sport turlari va 2026-yilda qishki sport turlari bo‘yicha ShHT musobaqalarini o‘tkazishni taklif qildi.