TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Ukrainada olib borilayotgan maxsus operatsiyaning so‘nggi kunining asosiy voqealari. RIA Novosti xabariga asosan.
Rossiya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Ukraina hududiy mudofaa 116-brigadasi va Xarkov viloyatidagi "Omega" maxsus kuchlari otradi bazalariga berilgan aviazarbalar natijasida 30 nafargacha askar va 10 ta harbiy texnika yo‘q qilingan.
️Ukraina qo‘shinlari Zaporojye viloyatida qo‘shinlarni front chizig‘iga olib chiqishda davom etmoqda, vaziyat keskinligicha qolmoqda, dedi mahalliy hokimiyat.
️Ukraina qo‘shinlari Qora dengizdan Xerson viloyatiga Kinburn tomondan qo‘shinlarni tushirishga urindi. Urinish qaytarildi, 120 ga yaqin askar yo‘q qilindi, deya xabar qildi mahalliy hokimiyat.
️Krivoy Rog shahar meri Ingulets darosidagi gidrotexnika inshootiga raketa hujumi berilgani oqibatda shaharni suv bosa boshlaganidan so‘ng to‘g‘onni portlatib yuborishga to‘g‘ri kelganini aytdi.
️Qodirov Rossiya viloyatlari rahbarlarini “o‘z-o‘zini safarbar qilish”ni boshlashga va har bir viloyatdan kamida ming nafar ko‘ngillini tayyorlab armiyaga ko‘mak berishni taklif qildi. Bu chaqiriq allaqachon Qrim va Kursk viloyati rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Rossiyaning Belgorod viloyati Ukraina tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida elektr ta’minoti stansiyasi ishdan chiqqan, 2 kishi jarohat olgan.
Xerson shahri ma’muriyati binosiga raketa zarbasi berildi. Bino yaqinida kamida 5ta raketa tushgan. Zarba oqibatida 3 kishi qurbon bo‘ldi va 13 kishi yaralangan. Ma’lum bo‘lishicha zarba majlis bo‘layotgan vaqtda berilgan.
Lugansk Respublikasi prokuratursida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Portlash oqibatida prokuror o‘rinbosari qurbon bo‘lgan.
DXR hukumati asirga olingan Ukraina qurolli kuchlari askarlari suratlarini e’lon qildi. Maqsad - yaqin qarindoshlariga ularning tirik ekanini ma’lum qilish.
Nikolayev yaqinida Ukrainaning 28-motoo‘qchilar brigadasining joylashuv punktlariga, Nikolayev viloyatidagi Ochakov yaqinida - "Janub" maxsus operatsiyalari uchun alohida markazning shtab-kvartirasi va o‘quv bazasiga raketa zarbalari berildi.
Xarkov viloyatida Ukrainaning 66-mexanizatsiyalashgan brigadasining Dvurechnaya va Kupansk punktlari yaqinidagi bazalari va Xarkovdagi "Kraken" millatchilik tuzilmasi zarba berildi.
Zaporojye viloyatining Berdansk shahrida shahar merining Turar joy kommunal xizmatlar bo‘yicha yordamchisi Boyko va uning xotiniga suiqasd uyushtirildi. Ular qurbon bo‘lgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi agar AQSh Ukrainaga uzoq masofali raketalar yetkazib berishga qaror qilsa, ular qizil chiziqdan o‘tib, mojaro tarafiga aylanishini aytdi. Keyinroq Amerika OAVlari Vashington bunday ta’minot imkoniyatlarini hali ko‘rib chiqmayotganini yozdi.
️MAGATE kengashi Rossiyadan Zaporoje AESdagi faoliyatini zudlik bilan to‘xtatishni talab qiluvchi rezolyutsiya qabul qildi, Rossiya va Xitoy bunga qarshi ovoz berdi.