TOShKENT, 16 sent - Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bugun kechqurun Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda Sputnik mamlakat Jogorku Kenesh spikeri Talant Mamitovga tayanib, xabar berdi.
Ayni vaqtda Samarqandda Shanhay Hamkorlik Tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22- majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Sadir Japarov ham mana shu sammitda ishtirok etmoqda. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ham shu yerda.
Jurnalist Aziza Qurbonovaning aytishicha, ShHT sammitidan so‘ng Tojikiston va Qirg‘iziston rahbarlarining yuzma-yuz muloqoti bo‘lib o‘tadi.
Bugun juma kuni tongda Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida keng qamrovli ziddiyatlar yuzaga keldi. Qirg‘iz tomon xabar berishicha, Tojikiston chegaraning butun perimetri bo‘ylab qirg‘iz pozitsiyasiga hujum qilgan. Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Qirg‘izistonning Botken chegara otradiga qarashli Ko‘ktosh chegara posti harbiylari kelishuvni buzgan holda, Tojikistonning Isfara chegara otradiga qarashli “Dushanbe” chegara postiga o‘q uzganligini ma’lum qilgan.