ShHT-2022: Samarqand sammiti

Erdog‘an ShHT sammiti doirasida Si Szinpin bilan uchrashdi

Bugun Erdog‘anning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan ShHT sammiti doirasida Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘an Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Erdog‘anning juma kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham uchrashishi kutilmoqda.
“Prezident Erdog‘an Samarqandda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Davlat rahbarlarining 22-sammitida ishtirok etish uchun kelgan Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashdi”, deyiladi xabarda.