TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Qarama-qarshilik va ziddiyatli dunyoda ishonch va o‘zaro tushunish yo‘qligi sharoitida barqarorlik va xavfsizlikka tahdidlar kuchaydi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda bo‘lib o‘tgan Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida aytib o‘tdi.
U iqlim o‘zgarishi, suv va tabiiy resurslarning yetishmasligi, panedmiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, energiya va oziq-ovqat xavfsizligi inqirozi kabi zamonaviy muammolar xavf tug‘dirishini ta’kidladi.
"Jahonda o‘zaro ishonch, adolat va hamjihatlikka bo‘lgan talab ortib bormoqda. Shu munosabat bilan ochiq va konstruktiv muloqotni davom ettirish har qachongidan ham muhimroqdir. ShHT bunday muloqot imkoni borligini ko‘rsatmoqda", deydi prezident.